17 aprel kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo va Inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakillari Terxi Xakala va Imon Gilmor Toshkent shahriga yetib keldi.
Martabali mehmonlar I. Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan kutib olindi.
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili T.Xakala va Inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili I.Gilmor rasmiy tashrifi doirasida bir qator davlat organlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilmoqda.
Delegatsiya tarkibida, shuningdek, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Sharlotta Adrian, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilining siyosiy maslahatchisi Alina Belskaya, Yevropa Ittifoqi Inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakilining siyosiy maslahatchisi Magdalena Gavronska va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari Mindaugas Kacherauskas bor.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 17.04.2023
- Ko'rishlar: 4423
- Chop etish