Inson huquqlariga oid qonunchilik bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

17 aprel kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-kurs talabalari uchun inson huquqlariga oid qonunchilik bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil etildi.

Mahorat darsini Milliy markaz bosh mutaxassisi H.Xolmamatov olib bordi. Unda bo‘lajak huquqshunoslarga BMTning ustav va shartnomaviy organlari tavsiyalarini amalga oshirishda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining o‘rni haqida ma’lumot berildi.

Talabalar Milliy markazning O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash va rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi bilan ham qiziqdilar.

Shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Tadbir yakunida inson huquqlari sohasidagi turli masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi. Yoshlar ayni mavzudagi savollariga batafsil javob oldilar.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech