KITOBXON E`TIROFI

Kuni kecha ustozimiz, taniqli oʻzbek olimi, huquqshunos, tarjimashunos, akademik Akmal Saidov oʻzlarining yangi nashr etilgan “DANTE: RENESSANSLAR CHORRAHASIDA” nomli kitoblarini ustozimiz Xayrulla Hamidov orqali Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasiga ulugʻ bayram arafasida tuhfa qildilar.

Ushbu kitobda akademik Akmal Saidov Dante Aligyeri qalamiga mansub “Ilohiy komediya” asarining “Doʻzax” qismini toʻligʻicha va “Aʼrof” qismidan 9 ta qoʻshiqni mahorat bilan oʻzbek tiliga qoyilmaqom qilib oʻgirgan buyuk shoirimiz, Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haqida soʻz yuritib, bu buyuk shoir va tarjimonning “oʻzbek kitobxoni va, umuman, madaniyat va sanʼatimiz uchun Gʻarb adabiyotining oʻziga xos kashshofi” boʻlib qolishini taʼkidlaydilar.

“Akademnashr” nashriyotida chop etilgan va tarjimashunoslik sohasida yaratilgan fundamental tadqiqot sanalgan ushbu kitob boʻlajak tarjimonlar va yosh tadqiqotchilarimiz uchun muhim qoʻllanma boʻladi, deb umid qilamiz.

Xabaringiz bor, 2022-yil 11-dekabr kuni kuniversitetimizda boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston tarjimashunoslari forumi    – 2022” Xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etgan ustoz, akademik Akmal Saidov va taniqli ijodkor, shoir Gʻulom Mirzo tomonidan kafedramizga ustoz Gʻaybulla As-Salom tavalludining 90 yilligiga bagʻishlab nashr etilgan “Sallamno istiqlol” va “Gʻaybulla As-Salom” nomli kitoblar sovgʻa qilingan edi.   

 

“Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi”ning rasmiy telegram kanali

Powered by GSpeech