Inson huquqlariga oid kitoblar Surxondaryo viloyat kutubxonasiga topshirildi

17 may kuni Termiz shahrida joylashgan Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari ishtirokida ma’rifiy-huquqiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2023 yil 7 fevraldagi  qarori bilan tasdiqlangan Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturining mohiyati va ahamiyati haqida so‘z bordi. Qaror ijrosi doirasida viloyat Axborot-kutubxona markazida “Konstitutsiya va inson huquqlari bo‘yicha adabiyotlar burchagi” tashkil etilgani e’tirof etildi.

Tadbir yakunida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Konstitutsiya va inson huquqlariga oid adabiyotlar Axborot-kutubxona markaziga beg‘araz taqdim etildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech