«Inson huquqlari – bolalar nigohida» tanlovining 1-bosqich g‘oliblari taqdirlandi!

Akmal SAIDOV,

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori:

– Ertamiz egalari bo‘lgan yosh avlodni Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida barkamol avlod etib tarbiyalash yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgan «Tong yulduzi» gazetasi bugungi kunda bolajonlarning eng sevimli nashrlaridan biri hisoblanadi. Gazeta bolalarning inson huquqlari bo‘yicha bilimlarini oshirish, shu orqali ularda huquqiy madaniyatni shakllantirishda ham faol va tashabbuskor.

Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan milliy markaz va gazeta tahririyati hamkorligida tashkil etilgan «Inson huquqlari – bolalar nigohida» tanlovi bu fikrni tasdiqlaydi.

Fursatdan foydalanib, ushbu tanlovni o‘tkazishda ko‘rsatayotgan hamkorligi uchun «Tong yulduzi» gazetasiga samimiy minnatdorlik bildiramiz!

INSHO VA MAQOLA BO‘YICHA G‘OLIBLAR:

  1. Yahyobek JUMANOV, Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanidagi 54-IDUM 6-«G» sinf o‘quvchisi.
  2. Muslimaxon RAHMONBERDIYEVA. Toshkent viloyati, Angren shahridagi 21-umumta’lim maktabining 8-«A» sinf o‘quvchisi.
  3. Nafisaxon ASQARXO‘JAYEVA, Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashgan 199-sonli davlat umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi.

Rag‘batlantiruvchi mukofot:

Saidakmal MAMASOLIYEV, TDYuU qoshidagi akademik litseyining 1-bosqich o‘quvchisi.

Muzaffar QAYuMOV, Toshkent shahar, Mirobod tumanidagi 154-umumta’lim maktabining 3-«B» sinf o‘quvchisi.

She’riyat yo‘nalishi bo‘yicha:

  1. Saodatoy MAHAMMADSIDDIQOVA, Andijon viloyati, Oltinko‘l timanidagi 70-IDUMning 2-«B» sinf o‘quvchisi.
  2. Shahzoda ALLAYoROVA, Samarqand viloyati, Narpay tumanidagi 55-umumta’lim maktabining 3-«B» sinf o‘quvchisi.

Rasm yo‘nalishi bo‘yicha:

  1. Mubinaxon SIDDIQOVA, Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanidagi 44-umumta’lim maktabining 7-«A» sinf o‘quvchisi.
  2. Aziza AMRAYEVA, Buxoro shahridagi 13-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi.
  3. Shahriza SADRIDDINOVA, Buxoro Shahar 2-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi.

Rag‘batlantiruvchi mukofot:

Shahzoda ABDURAUPOVA, Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi 44-umumta’lim maktabining 3-«A» sinf o‘quvchisi.

Azamat KENJEBAYEV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani 37-umumta’lim maktabining 5-«A» sinf o‘quvchisi.

Videorolik yo‘nalishi bo‘yicha:

Nilufar TOREMURATOVA, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanidagi 39-ayrim fanlarni chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktabning 7-«A» sinf o‘quvchisi.

Qo‘shsahifani o‘z muxbirlarimiz tayyorladi.

«TONG YULDUZI» gazetasining 2023-yil 23-soni

Powered by GSpeech