10 iyun kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazida huquqiy-ma’rifiy muloqot o‘tkazildi. Unda Milliy markaz nomidan F.Hayitboev, O.Ahmadov, H.Mo‘minov va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Rahimjon Qurbonov 600 mingdan ziyod fondga ega kutubxona faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. Mehmonlar kutubxonada tashkil etilgan sharoitlar bilan tanishib, yuridik adabiyotlar sektoridagi zamonaviy kitoblarni ko‘zdan kechirdilar.
Uchrashuv yakunida Xorazm viloyat kutubxonasida inson huquqlariga oid adabiyotlar burchagi tashkil etildi. Kutubxonga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan nashr etilgan 100 dan ortiq huquqiy adabiyot beg‘araz taqdim etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 12.06.2023
- Ko'rishlar: 3953
- Chop etish