PEKIN, 16-iyun. /“Dunyo” AA/. Xitoyda tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov Butunxitoy xalq vakillari kengashi spikerining o‘rinbosari Chjan Sinvey bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda barqaror taraqqiyot, kambag‘allikni qisqartirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va inson huquqlari sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston – Xitoy parlamentlari aloqalarini yana-da rivojlantirish muhimligi haqida so‘z yuritildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Xitoy aloqalari yuksak darajasi taʼkidlandi. Buning zamirida ikki davlat rahbarlarining o‘zaro samimiy, do‘stona va ishonchli munosabatlari yotgani alohida qayd etildi.
- Qo'shildi: 16.06.2023
- Ko'rishlar: 3948
- Chop etish