22-23 iyun kunlari Namangan viloyatida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda viloyat prokuraturasidan 10 nafar va ichki ishlar tizimidan 50 nafar xodim tinglovchi sifatida qatnashdi.
Mashg‘ulotlar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etildi.
O‘quv kursining ikkinchi kuni xalqaro ekspert Azamat Shambilov ma’ruza qilib, Nelson Mandela qoidalari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Ilmiy markazi boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, dotsent L.Isoqov, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi “Jazoni ijro etish faoliyati” kafedrasi dotsenti, podpolkovnik Q.Qodirov va mazkur kafedra boshlig‘i, yuridik fanlar doktori A.Matchonov ma’ruzalari tinglandi.
Bundan tashqari, mashg‘ulotlarda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti o‘qituvchisi, podpolkovnik J.Yaqubov, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi, dotsent F.Hayitboev va Milliy markaz bosh mutaxassisi D.Rashidova o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.
O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 23.06.2023
- Ko'rishlar: 3836
- Chop etish