O‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

10 iyul kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Markaz direktori o‘rinbosari D.Muratova bilan BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi huquqiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi R.Saidumarova, fuqarosizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Gayn hamda Milliy markazning xalqaro hamkorlik bo‘limi yetakchi mutaxassisi Q.Obidov ishtirok etdi.

Muloqot doirasida Milliy markaz hamda BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi o‘rtasidagi 2023 yilga mo‘ljallangan qo‘shma ish rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘tgan davrda bu borada amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qildilar. Shuningdek, istiqboldagi o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ishlarning ustuvor yo‘nalishlari va mavjud imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech