BILIM QAYDA BO`LSA, BUYUKLIK BO`LAR

Hаr bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotida «Inson huquqlari» muhim ahamiyat kasb etib, u shu jamiyatning demokratik taraqqiyot darajasini ko’rsatuvchi asosiy mezon, davlatning insoniyligini belgilovchi barometr bo'lib xizmat qiladi. Shu sababdan, har bir davlatda inson huquqi va unga bog'liq munosabatlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy voqealiklarning markazida turuvchi asosiy masala hisoblanadi. Avvalo, yangitdan qurilayotgan jamiyat o'z rivojini «Inson huquqi»da topadi. Demokratik tamoyillarga asoslangan yangicha fikrlovchi jamiyatni qurish, albatta, yangi davlat uchun har tomonlama chuqur o'ylangan tashkiliy, huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.

Bugungi kunda o'z huquq va erkinliklari hamda majburiyatlarini nafaqat yaxshi biluvchi, buni amalga oshira oladigan va o‘z majburiyatlariga vijdonan yondashadigan, boshqalarning huquq va erkinliklarini hurmat qila oladigan ko'nikmaga ega bo'lgan yuksak huquqiy madaniyatli va kuchli fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lgan insonlardan tashkil topgan jamiyatni shakllantirish hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bu esa jamiyatdagi huquqiy ong va madaniyatga yo'naladi.

Bosh Qomusimizda belgilab qo'yilgan huquqiy davlat amalda huquqiy ongi yuksak insonlar tomonidan barpo etiladi. O'zim chet mamlakatlarning huquqiy ongi qandayligini jahon filmlari orqali, xorij matbuotini kuzatib bilganman. Yurtimizda-chi, degan tabiiy savol tug'iladi. To'g'ri, ayrim kishilar fikrimni tasdiqlamaydi. Demokratik-huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurilishi barcha fuqarolarning insoniy huquqlari va erkinliklariga doir bilimlarini yetarli darajada egallashlarini taqozo etadi. Mavzuga qaytadigan bo'lsak, avvalo, bolalar va o‘smirlar orasida inson huquqlari sohasida bilim va madaniyatni singdirishimiz kerak. Hazrat bobomiz Yusuf Hos Xojib yozgan bir tashbeh fikrimizga yakun yasaydi:

 

Bilim qayda bo'lsa,

Buyuklik bo'lar

 

Saidakmal MAMASOLIYEV,

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi

"TONG YULDUZI" O'zbekiston Respublikasi bolalar va o‘smirlar gazetasi

Powered by GSpeech