Qashqadaryo viloyati kutubxonasida inson huquqlari bo‘yicha adabiyotlar yo‘nalishi ochildi

 15 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Sayido Nasafiy nomidagi Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “Konstitutsiya va inson huquqlari bo‘yicha adabiyotlar” yo‘nalishi ochilishida ishtirok etdi.

Shu munosabat bilan Sayido Nasafiy nomidagi Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Gulnora Tursunovaga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining maxsus diplomi topshirildi.

Viloyat kutubxonasi 1943 yilda tashkil etilgan. Uning jamg‘armasida 221 ming 651 ta kitob, 6 ming 30 ta gazeta va 5 ming 360 ta jurnal mavjud. Bu yerda, shuningdek, 153 ta nodir va noyob nashrlar saqlanmoqda.

Endilikda mazkur kutubxona Milliy markaz tomonidan beg‘araz taqdim etilgan 150 dan ortiq inson huquqlariga oid kitob va ilmiy-huquqiy jurnallar hisobiga yanada boyidi.

Ma’lumki, joriy yilning birinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va boshqa bir qator viloyatlardagi axborot-kutubxona markazlarida ham “Konstitutsiya va inson huquqlari bo‘yicha adabiyotlar” yo‘nalishi tashkil qilindi. Ushbu kutubxonalarga jami 2 ming 150 dona kitob va 600 dan ortiq ilmiy-huquqiy jurnal yetkazib berildi.

Bu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 fevraldagi PQ-46-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazining telegram kanali

Powered by GSpeech