26 avgust kuni Toshkent shahrida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha inspektorlar uchun shu mavzuda o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O‘quv seminari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori ijrosi dorasida o‘tkazildi. Tadbirda Ichki ishlar vazirligi vakillari va ushbu tizimning yurtimizdagi 14 ta hududda faoliyat olib borayotgan inspektor-psixologlari ishtirok etdi.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz yetakchi mutaxassisi A.Nabiyev O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlari yuzasidan ma’ruza qildi.
Seminar davomida, shuningdek:
inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning milliy tizimi;
bola huquqlarini himoya qilishga oid milliy qonunchilik;
voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etiladigan jinoyatlarning xususiyatlari;
ta’lim muassasalarida smartfonlardan foydalanishning ijtimoiy-huquqiy tahlili kabi mavzular muhokama qilindi.
Mashg‘ulotlar yakunida inspektor-psixologlarning murojaatlari tinglandi. Ekspertlar tomonidan barcha murojaatlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Tashkilotchilar ayni yo‘nalishdagi seminarlarni doimiy asosda o‘tkazishga kelishib oldilar.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 28.08.2023
- Ko'rishlar: 5063
- Chop etish