Talabgorlar tayanch doktoranturaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi nusxasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari; (talabgorning dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lishi zarur)
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi; (mavjud bo‘lsa)
– V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat. (Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi tan olingan sertifikatlar ro‘yxati https://lex.uz/docs/5615817)
* O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024 – yil uchun “Inson huquqlari” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga 3 ta qabul kvotasi ajratildi.
Hujjatlar http://phd.mininnovation.uz veb – sahifasi orqali joriy yil
15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha onlayn qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri, 100029, Islom Karimov ko‘chasi, 15 – uy
Murojat uchun telefon: 71-239-48-06
- Qo'shildi: 06.09.2023
- Ko'rishlar: 4115
- Chop etish