21-22 sentyabr kunlari Ichki ishlar vazirligining Navoiy akademik litseyida hamda Samarqand akademik litseyida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirlarning birida 120 nafar, keyingisida 80 nafar tinglovchi qatnashdi.
Milliy markazning Inson huquqlari sohasida ta’lim va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Hayitboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023 yil 12 mayda qabul qilgan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi farmon mazmun-mohiyati haqida to‘xtaldi. Shuningdek, mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.
Har ikki litsey o‘quvchilariga Milliy markazda nashr etilgan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi” risolalari tarqatildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 25.09.2023
- Ko'rishlar: 3624
- Chop etish