Senat qo‘mitalari tomonidan inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish bo‘yicha milliy hisobotlarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni eshitish tartibi joriy etiladi.
«Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini takomillashtirish munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi 11 moddadan iborat bo‘lib, qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi.
«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilmoqda, unga muvofiq Vazirlar Mahkamasi rayosatining majlislarida inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston xalqaro shartnomalarini bajarish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi. Qonun Vazirlar Mahkamasi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz aloqalarini tartibga soluvchi norma bilan to‘ldirilmoqda.
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritilmoqda, unda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari tomonidan vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlarining inson huquqlariga rioya etish bo‘yicha milliy dasturlarning bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini eshitish tartibi belgilab berilmoqda.
Jinoyat-protsessual, Fuqarolik-protsessual va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslarga yangi ochilgan holatlarni hisobga olgan holda ishni qayta boshlash asoslariga qo‘shimchalar kiritilmoqda.
«Oliy Majlis Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunga qo‘shimcha kiritilmoqda, unga ko‘ra markaz direktori Senat majlislarida ishtirok etish huquqini oladi. Bundan tashqari, Senat qo‘mitalari tomonidan inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish bo‘yicha milliy hisobotlarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni eshitish tartibi joriy etiladi.
«Oliy Majlis Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunga qo‘shimcha kiritilib, unga muvofiq markaz direktori Qonunchilik palatasi majlislarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Qonunchilik palatasi qo‘mitalari inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarni bajarish bo‘yicha milliy ma’ruzalar tayyorlash to‘g‘risidagi axborotni eshitishi tartibi joriy etiladi.
«Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonun parlament nazorati shakllari bilan to‘ldirilmoqda. Bundan tashqari, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarga rioya qilish holati to‘g‘risida, xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish sohasida parlament nazoratini amalga oshirish tartibini belgilash tartibi to‘g‘risida ma’lumotlarni eshitish to‘g‘risidagi normalar bilan to‘ldiriladi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 26.09.2023
- Ko'rishlar: 3296
- Chop etish