Unda vazirlik, idora va tashkilotlar hamda hokimliklar axborot xizmatlari xodimlari, ommaviy axborot vositalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimi o‘z ma’ruzalari bilan chiqishdi.
Tinglovchilarga Ombudsman tomonidan davlat organlari va idoralariga kiritilgan ta’sir choralari, Ombudsman plyus modeli, inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi bo‘yicha ma’lumotlar berilib, interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ikki kunlik o‘quv kursida turli vazirlik, idora va tashkilotlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 70 dan ortiq axborot xizmatlari xodimlari, jurnalistlar qatnashdi.
Rasmiy xabarlar
- Qo'shildi: 29.09.2023
- Ko'rishlar: 3260
- Chop etish