''HAZRAT ZANGI OTA''

  Muallif: O‘z FA akademigi

            Akmal SAIDOV

 

''HAZRAT ZANGI OTA'' kitobda ulug‘ avliyo, shayx, tasavvufning yirik namoyandalaridan biri Hazrat Zangi ota (Oyxo‘ja ibn Toshjo‘ja) haqida so‘z boradi. Movarounnahrning buyuk vakillaridan biri bo‘lgan bu mo‘tabar zot Xoja Ahmad Yassaviyning ustozi Arslonboboning evarasidir. Kitobda Zangi otaning tarjimai holi, xususan, ism va nasablari, ahli ayollari, sulolasi, tavallud va vafot vaqtlari, sayohat va izlanishlari, ustoz va shogirdlari, Yassaviya tariqatidagi darajalari, maqbara va ziyoratgohlari haqida ma’lumotlar berilgan.

  Zangi ota majmuasi -- nafaqat O‘zbekistonda, Markaziy Osiyo mintaqasida ham noyob tarixiy-me’moriy va madaniy-ma’rifiy majmua va tabarruk ziyoratgohlardan hisoblanadi. Bu majmuaning Sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod etilishi, Temuriyzoda Mirzo Ulug‘bek tomonidan ta’mirlanishi, ayniqsa, mustaqillik yillarida bu maskanda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilganligi haqida ma’lumotlar berilgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali

Powered by GSpeech