O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutining tashabbusi bilan “BMT tizimidagi tuzilmalarning xalqaro huquqni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalari” mavzusida xalqaro davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni institut direktori Murodjon Turg‘unov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda inson huquqlarini ta’minlashda xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilish borasida yangi O‘zbekistonda demokratik islohotlar amalga oshirilayotgani, yangilangan Konstitutsiyamizda bu borada qator yangi konstitutsiyaviy-huquqiy normalar belgilab berilganini ta’kidladi.
Davra suhbatida xalqaro huquqda inson huquqlarini ta’minlash yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Yakunda kelgusida o‘zaro hamkorlik asosida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda xalqaro huquq va inson huquqlari sohalari doirasida yangi avlod adabiyot nashrlarini tayyorlashga kelishib olindi. Xalqaro huquq normalarini milliy qonunchiligimizda yanada mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mohigul Qosimova,
O‘zA
- Qo'shildi: 24.10.2023
- Ko'rishlar: 3494
- Chop etish