Universal davriy sharh bo‘yicha ekspert bahosi beriladi

6-17 noyabr kunlari Jenevada bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Universal davriy sharh bo‘yicha ishchi guruhi O‘zbekistondagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib chiqadi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov boshchilik qilаdi.

Universal davriy sharh bo‘yicha muhokamalar to‘rtinchi marta o‘tkazilmoqda. Birinchi, ikkinchi va uchinchi sharhlar 2018 yil dekabr, 2013 yil aprel va 2018 yil may oylarida ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston – Universal davriy sharh bo‘yicha ishchi guruh tomonidan Jenevada o‘tkaziladigan sessiyada ko‘rib chiqiladigan 14 davlatdan biridir. Ishchi guruh Inson huquqlari bo‘yicha kengashga a’zo 47 ta davlatdan iborat. 

BMTga a’zo 193 ta davlatning har biri ayni muhokamalarda ishtirok etishi mumkin. Universal davriy sharh doirasida BMTga a’zo barcha mamlakatlarda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatga ekspert bahosi beriladi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

 

Powered by GSpeech