YOSHLARNI BIRLASHTIRGAN FORUM

Yoshlar mamlakatning kelajagi va yengilmas kuchidir. Mamlakatimizda ham bugungi kunda yoshlarga katta imkoniyatlar berib kelinmoqda. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kelajakda yurt koriga yaraydigan yoshlar bo‘lib yetishishlari uchun xukumatimiz tomonidan turli qarorlar hamda davlat dasturlari qabul qilinmoqda.

Yoshlarning har tomonlama shakllanishlari uchun mamlakatimizning har bir go‘shasida barcha sharoitlar mavjud. Yoshlarni yaxshi va sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun oliy va o‘rta maxsus oliy o‘quv yurtlarida, o‘rta umumta’lim muassasalarida qulay shart-sharoitlar muhayyo etilgan, hamda “2022-2026 yillar uchun Tojikiston Respublikasi yoshlarining ijtimoiy rivojlanishi milliy dasturi” va “2023-2027 yillar uchun Tojikiston yoshlarining vatanparvarlik tarbiyasi va milliy mentalitetini mustahkamlash davlat dasturi”ning qabul qilingani mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tiborning yana bir namunasidir.

Bugungi kunda viloyatimiz yoshlari jahon arenalarida vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, yurtimiz nomini dunyoga tanitib qaytmoqda. Qolaversa, bugun ular jahonning nufuzli xalqaro olimpiada, tanlov va forumlarida ishtirok etib, vatanimiz sharafini himoya qilib kelmoqdalar. So‘zimiz dalili sifatida yaqinda O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib qaytgan Mirhamdam Irgashev haqida so‘z yuritmoqchimiz.

Mirhamdam Irgashev 2002 yilning 20 yanvarida Jabbor Rasulov nohiyasining Dehmoy qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘z qishlog‘ida 14-o‘rta umumta’lim muassasasini a’lo baholar bilan tugatib, 2020 yil akademik Bobojon G‘afurov nomidagi Xujand davlat universiteti jurnalistika va tarjima nazariyasi fakultetiga o‘qishga kiradi. xozirda u 4-bosqich talabasi. Shuningdek, Mirhamdam Irgashev Sug‘d viloyati hokimiyati ijroiya organi nashri “Sug‘d haqiqati” gazetasi qoshida tashkil etilgan “Mahorat” maktabining ilk bitiruvchisi hamdir. U ko‘plab tanlov va viktorinalar ishtirokchisi hisoblanadi.

Mirhamdam Irgashev yaqinda O‘zbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahrida “Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari” mavzusidagi halqaro forumda ishtirok etib qaytdi. Bu haqda u shunday deydi:

- Ushbu forumdan biz o‘zimizga kerakli bo‘lgan ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldik, qolaversa yoshlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida ko‘plab munozara, yangicha mulohazalarga ega bo‘ldik. Shuningdek, forumda barcha mamlakatlarda bugungi kundagi yoshlarga qanday e’tibor berilayotgani, ularning haq-huquqlarini himoya qilinayotganligi haqida ham yaxshi so‘zlar aytildi. Biz ham o‘z fikr-mulohazalarimiz va takliflarimizni barcha ishtirokchilarga bildirdik. Forum so‘ngida kelgusida ham bunday forumlar yana o‘tkazilishi haqida kelishib olindi. Xullas, bir olam taassurotlar bilan qaytdik...

 

Zayniddin MUHAMMADIYEV

Sug‘d Haqiqati 

 

Powered by GSpeech