O'zbekiston TIV rahbari YXHT DIIHB direktori bilan o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi

TOSHKENT, 15-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha mamlakatimizda bo'lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (YXHT DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«Bugun Tashqi ishlar vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (YXHT DIIHB) direktori Matteo Mekachchi janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. - O'zbekistonning YEXHT, ayniqsa, DIIHB bilan yaqin munosabatlari hamda Tashkilot doirasidagi ko'p tomonlama hamkorlik bo'yicha samarali suhbatlashdik. Shuningdek, biz O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli va ortga qaytmas islohotlarga alohida urg'u berdik. O'zbekiston Hukumatining xalqimiz farovonligi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga qaratilgan sa'y-harakatlarini doimiy qo'llab-quvvatlab kelayotgani uchun janob Mekachchi va uning jamoasiga minnatdorlik bildiramiz».

Powered by GSpeech