17 noyabr kuni Toshkent shahrida “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining uyg‘un jihatlari” mavzusida huquqiy ma’rifat soati o‘tkazildi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.
Huquqiy ma’rifat soatida Davlat organlari ob’ektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarma 2-bataloni shaxsiy tarkibi xodimlari ishtirok etdi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari H.Mo‘minov, L.Xoliqulov va Batalon komandiri mayor Ikromjon Qurbonov hamda batalon ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha katta inspektori kapitan Feruzbek Ikromjonov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Tadbir yakunida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Davlat organlari ob’ektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarma 2-bataloni kutubxonasiga 30 turdagi 70 dan ortiq huquqiy adabiyot hamda “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalining yangi sonlari beg‘araz taqdim etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 17.11.2023
- Ko'rishlar: 3395
- Chop etish