Konstitutsiya – Yangi O‘zbekistonning huquqiy poydevori

27 noyabr kuni Toshkent shahrida shu mavzuda huquqiy ma’rifat soati o‘tkazildi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

Huquqiy ma’rifat soatida Davlat organlari ob’ektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarma 2-bataloni shaxsiy tarkibi xodimlari ishtirok etdi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi mas’ul xodimi H.Xolmamatov yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat qurilishining yangi strategik maqsadi — ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berilgani haqida atroflicha so‘zlab berdi. Bunda Asosiy Qonunimizda ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi ekanligi ta’kidlandi. Binobarin, Bosh qomusimizda davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi etirof etilgani bejiz emas.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Powered by GSpeech