Bu yil “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 75 yilligi nishonlanadi. Shu munosabat bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalariga “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston – inson huquqlari” saboqlari muntazam o‘tkazilmoqda.
Mazkur darslarda “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini”ning mazmun-mohiyati, yaratilish tarixi, maqsadi va vazifalari, shuningdek “Yangi O‘zbekiston – inson huquqlari” mavzusi batafsil tushuntirilyapti.
Xususan, mamlakatimizda inson huquqini rag‘batlantirish, himoya qilish va bu sohadagi belgilangan me’yorlarga rioya qilishga qaratilgan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, inson huquqiga oid xalqaro majburiyatlar bajarilishi, fuqarolar huquqi va erkinligi himoyasini ta’minlaydigan qonunchilik hamda institutsional asos, inson huquqini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib borilmoqda.
O‘zA
- Qo'shildi: 30.11.2023
- Ko'rishlar: 3407
- Chop etish