Milliy tanlov hakamlar hay’atining yig‘ilishida

29 noyabr kuni “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” mavzusidagi Milliy tanlov hakamlar hay’atining yig‘ilishi bo‘ldi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi doirasida tashkil etilgan ushbu tanlov inson huquqlari va erkinliklarini ilgari surish va ularning ta’lim sohasidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan.

Yig‘ilishda Milliy tanlovga kelib tushgan loyihalar ko‘rib chiqildi. Shu asosda g‘oliblarni aniqlash jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi tanlovda ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi o‘zgarishlar, jumladan, raqamli texnologiyalarning inson huquqlari va erkinliklariga ta’siri kabi muhim mavzular qamrab olindi. Hakamlar hay’ati tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan loyihalarning sifati va innovatsion yondashuvlarini alohida e’tirof etdi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimini 2023 yil 4 dekabr kuni o‘tkazish belgilandi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

 

Powered by GSpeech