Inson huquqlari madhiyasi

10 dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni

 

 

Odam Ato – odamlarning avvali, salom!

Momo Havvo – olamning ilk ayoli, salom!

Ahli inson – koinotning sarvari, salom!

Bashariyat – Ona Yerning gavhari, salom!

 

Naqarot:

Insonga xos haq-huquqni tuymoqlik sozdir,

inson qadrin joy-joyiga qo‘ymoqlik sozdir.

Men insonman. Sen insonsan. U inson erur;

bir-birimiz inson bo‘lib suymoqlik sozdir.

 

Qancha-qancha saltanatni ko‘rdi bu zamin.

Shohu gado – baridan hol so‘rdi bu zamin.

Qayta-qayta Haq – haqiqat tomon burdi yuz,

adolatning mehvaridan yurdi bu zamin.

 

Naqarot:

Insonga xos haq-huquqni tuymoqlik sozdir,

inson qadrin joy-joyiga qo‘ymoqlik sozdir.

Men insonman. Sen insonsan. U inson erur;

bir-birimiz inson bo‘lib suymoqlik sozdir.

 

Ko‘p ilohiy manbalardan maqsad bir – Inson.

Inson so‘zin oltmish besh bor zikr etgan Qur’on.

Sen – azizsan, Sen – mukarram, Sen – jannatiy zot,

Erking, qadring, haq-huquqing yuksak begumon.

 

Naqarot:

Insonga xos haq-huquqni tuymoqlik sozdir,

inson qadrin joy-joyiga qo‘ymoqlik sozdir.

Men insonman. Sen insonsan. U inson erur;

bir-birimiz inson bo‘lib suymoqlik sozdir.

 

Inson – sha’ning, shavkating va nomusing buyuk,

shu ne’matlar kafolati – Qomusing buyuk.

Inson qadrin ulug‘lashga azmu jazm etgan

Dasturing – soz, o‘zing buyuk va so‘zing buyuk!

 

 Naqarot:

Insonga xos haq-huquqni tuymoqlik sozdir,

inson qadrin joy-joyiga qo‘ymoqlik sozdir.

Men insonman, Sen insonsan. U inson erur,

bir-birimiz inson bo‘lib suymoqlik sozdir.

 

G‘ulom MIRZO

 

Powered by GSpeech