G‘oliblarni saralashda “Guliston” jurnalining 2023 yil sonlarida e’lon qilingan har bir hikoya, she’riy turkum, maqola, suratlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Ular g‘oyaviy-badiiy, ilmiy, ijtimoiy jihatdan tahlil qilindi, bugungi kun uchun dolzarbligiga, o‘quvchilarning ma’naviy olamini boyitishga nechog‘li xizmat qilishiga alohida e’tibor qaratildi.
- Eng yaxshi she’riy turkum:
Abdulla SHER – “Biz yashab qolaylik avlodlar uchun” turkum she’rlari uchun. 5-son.
- Eng yaxshi hikoya:
Abduqayum YO‘LDOSHEV – “Karomat” hikoyasi uchun. 5-son.
- Eng yaxshi maqola bo‘yicha:
- a) G‘ulom MIRZO – “Kibr, isrof va qarz balosidan qachon qutilamiz?”, “Shonli tariximizning eng yorqin sahifasi” maqolalari uchun. 1-4-sonlar
- b) Manzura SHAMSIYEVA – “Otasining qizi” ruknidagi turkum maqolalari va “Teatr fidoyilarni yaxshi ko‘radi” suhbati uchun. 1-2-3-4-5-sonlar.
- Qo'shildi: 21.12.2023
- Ko'rishlar: 3353
- Chop etish