Xalqimizning farovon, tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash, mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish barchamizning oliy maqsadimizdir.
Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullari, Oliy Majlis va Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari, Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy va Transport prokuraturalari, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Majburiy ijro byurosi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari hamda faxriylar ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochib, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarni bayram bilan tabrikladi.
Tadbirga taklif etilgan mehmonlar ham so‘zga chiqib, prokuratura organlari xodimlarini kasb bayrami munosabati bilan tabriklab, o‘zlarining ezgu tilak-istaklarini izhor etdi.
Bosh prokuror tomonidan prokuratura organlari xodimlari xalq og‘irini yengil qilish, yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni hal etish, aholi farovonligini oshirish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash kabi Davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalarni amalga oshirilishida nafaqat nazorat o‘rnatmoqda, balki bu ishlarda yaqin ko‘makchi va tashabbuskor bo‘layotganligi, bugun xalq bilan ochiq muloqot, fuqarolarning dardu tashvishlariga malham bo‘lish, muammolarini joyida hal etish prokurorlarning kundalik ishiga aylanganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Tadbir yakunida Bosh prokuror buyrug‘iga asosan halol va fidokorona mehnati bilan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda qonuniylikni mustahkamlashga o‘zining munosib hissalarini qo‘shib kelayotgan va xizmat vazifalarini namunali bajarayotgan bir qator xodimlar taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining rasmiy Telegram-kanali
- Qo'shildi: 10.01.2024
- Ko'rishlar: 2948
- Chop etish