«Inson huquqlari - bolalar nigohida» respublika tanlovi
E’LON QILINADI
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar Ombudsmani), «Tong yulduzi» va «Klass!» gazetalari tahririyati hamkorlikda «Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiya» qabul qilinganligining 35-yilligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-yilligiga bag‘ishlangan «Inson huquqlari - bolalar nigohida» respublika tanlovini e’lon qiladi!
TANLOVGA YUBORILGAN IJODIY ISHLAR 4 TA NOMINATSIYA BO‘YICHA BAHOLANADI:
-
«Eng yaxshi maqola va insho».
-
«Eng yaxshi she’r».
-
«Eng yaxshi rasm».
-
«Eng yaxshi videorolik» (1 daqiqalik).
«Inson huquqlari - bolalar nigohida» respublika tanlovi joriy yilning 10-dekabr - Xalqaro inson huquqlari kuni arafasida yakunlanadi.
MA’LUMOT O‘RNIDA:
-
Konvensiya na Konstitutsiya moddalari gazetalar sahifalarida berib boriladi.
-
Rasmlar va videoroliklar Konvensiya va Konstitutsiya moddalari bo‘yicha taqdim qilinadi.
- Qo'shildi: 26.02.2024
- Ko'rishlar: 2468
- Chop etish