TDYUda “O‘zbekiston Respublikasi va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston va BMT hamkorligining asosiy bosqichlari va yo‘nalishlari, inson huquqlari sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, BMT doirasidagi xalqaro standartlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligiga implementatsiya qilish, O‘zbekiston va BMT hamkorligining barqaror rivojida ilm-fan integratsiyasi va rivojlanishi masalalari bo‘yicha ma’ruzalar tinglanib, muhokamalar o‘tkazildi.

TDYU

Powered by GSpeech