O'zbekiston va Fransiya parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlamoqda

PARIJ, 7-mart. /"Dunyo" AA/. Tashrif bilan Parijga borgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Fransiya Senati va Milliy assambleyasida uchrashuvlar o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Fransiya – Markaziy Osiyo" parlamentlararo guruhi rahbari Erve Morey boshchiligidagi senatorlar va "Fransiya – Markaziy Osiyo" parlamentlararo guruhi rahbari Natali Ser boshchiligidagi Milliy assambleya deputatlari bilan uchrashuvlar chog'ida O'zbekiston-Fransiya parlamentlararo aloqalarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilik va qonun ustuvorligini ta'minlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Parlamentlararo hamkorlik O'zbekiston bilan Fransiya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shayotgani alohida ta'kidlandi.

 

Fransiya parlamentariylari ikki davlat rahbarlarining 2022 va 2023-yillarda bo'lib o'tgan oliy darajadagi uchrashuvlari chog'ida erishilgan kelishuvlarni amaliy amalga oshirish bo'yicha faol hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Powered by GSpeech