O‘zbekiston xalqaro turizmni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam sifatida vizalar tartibini soddalashtirishni tanladi. 2019-yilda mamlakatda elektron viza tizimi joriy etildi, 90 dan ortiq mamlakat fuqarolari uchun viza talabi bekor qilindi. Bu esa xalqaro turistlar oqimining sezilarli oshishiga xizmat qildi. Natijada 2021-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlarning 30 foizi vizasiz kirish imkoniyatidan foydalandi.
Turistik infratuzilmani modernizatsiya qilish ham jadal davom etmoqda. 2020-yilda mamlakatda 1400 dan ortiq mehmonxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib ularning soni 1800 dan oshdi. 2025-yilgacha bu ko‘rsatkichni 2500 taga yetkazish rejalashtirilgan. Toshkent, Samarqand va Buxoro xalqaro aeroportlari zamonaviylashtirilmoqda, yangi reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Raqamli texnologiyalar ham turizmni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda Turistik xizmatlar uchun onlayn bron tizimlari, raqamli platformalar va mobil ilovalar keng qo‘llanilmoqda. 2022-yilda sayyohlarning 60 foizi turar joy va xizmatlarni aynan onlayn tizimlar orqali buyurtma qilgan.
MADANIY VA TABIIY MEROSNING JOZIBASI
O‘zbekistonning qadimiy shaharlari - Samarqand, Buxoro, Xiva xalqaro sayyohlar orasida eng mashhur yo‘nalishlardan hisoblanadi. Samarqanddagi Registon majmuasi, Buxorodagi Ark qal’asi „ Xivadagi ichan-qal’a kabi tarixiy obidalar YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritiLgan. Bugungi kunda mamlakat bo‘ylab 7 ta yirik tarixiy obida va madaniy meros obyekti YUNESKO ro‘yxatidan joy olgan. Umuman, O‘zbekistonda 8 mingdan ortiq madaniy va tarixiy yodgorliklar ro‘yxatga olingan.
Shuningdek, mamlakat bo‘ylab 100 dan ortiq muzey faoliyat yuritmoqda. Ular orasida O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi, Samarqanddagi Afrosiyob muzeyi, Buxorodagi Ark muzeyi, Xivadagi ichan-qal’a muzeyi xaLqaro mehmonLar uchun eng qiziqarli manzillardan sanaladi.
EKOTURIZM VA AGRO-TURIZM IMKONIYATLARI
O‘zbekistonning tabiiy landshaftlari ekologik turizm uchun keng imkoniyat yaratadi. Tog‘lar, cho‘l hududlari va milliy bog‘lar masalan, Zomin, Ugram-chotol, Nurota davlat milliy bog‘lari ekoturistlar uchun jozibador maskanlardir.
So‘nggi yillarda agroturizm ham rivojlanmoqda. Sayyohlar mahalliy qishloq xo‘jaligi hayoti bilan tanishib, milliy dehqonchilik urf-odatlarini, bog‘dorchilik va uzumchilik jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘layapti. Surxondaryo, Qashqadaryo, Andijon va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bu yo‘nalish alohida rivojlanmoqda. 5 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi agro-turistlar uchun ochiq.
Agro-turistik marshrutlar orqali sayyohlar paxta terimi, g‘alla yig‘imi, bog‘larda meva terish kabi jarayonlarda ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, qishLoq hududLaridagi zardo‘zlik, kulolchilik, gilam to‘qish kabi an’anaviy hunarmandchilik bilan yaqindan tanishish ham mehmonlar uchun katta qiziqish uyg‘otadi. Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida "Uzum sayli", "Qovun sayli" kabi festivallar agro-turizmning yorqin namunalaridandir.. 2023-yilda agro-turizm yo‘nalishida 50 mingdan ortiq sayyoh mamlakatimizga tashrif buyurgan.
GASTRONOMIK VA SARGUZASHT TURIZMI
O‘zbekiston milliy oshxonasi xalqaro sayyohlar uchun alohida jozibaga ega. Palov, somsa, kabob kabi milliy taomlar tufayli ko‘plab sayyohlar gastronomik turizmni ham maqsad qilib tashrif buyuradi. 2023-yilda mamlakatimizda 300 dan ortiq milliy restoran va kafe faoliyat boshladi.
Tog‘ sporti va sarguzasht turizmi bo‘yicha ham O‘zbekiston katta salohiyatga ega. Chimyon, Beldersoy hududlarida tog‘ chang‘isi, parashyut sporti, tog‘ yurishlari kabi faoliyatlar yo‘lga qo‘yilgan. Qizilqum cho‘lida esa, tuyalar safari turlari mashhur bo‘lib bormoqda.
IQTISODIY KO‘RSATKICHLAR VA ISTIQBOLLAR
Mamlakatimizdagi qulay investitsiya muhiti tufayli so‘nggi yillarda turizm sohasida 2 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik subyekti ish boshladi O‘tgan yili xorijiy sayyohlar tashrifi tarixda ilk bor 10 million nafardan oshdi. Faqatgina Toshkent viloyatining Bo‘stonliq hududida “Amirsoy" “Ugam Riwer" va “Beldirsoy-Chimyon-Nanay" kabi yirik kurort majmualari barpo etildi.
2017-yilda O‘zbekistonga 2,7 million xorijiy turist tashrif buyurgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib bu ko‘rsatkich 6,6 millionga yetdi. Bu 2017-yilga nisbatan 2,5 barobar, 2022-yilga nisbatan esa, 1„3 barobar o‘sishni anglatadi.
Ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriLmoqda. “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida 15 milliondan ortiq aholi sayohatga chiqdi, hududlar bo‘ylab esa 21 milliondan ziyod tashrif uyushtirildi. Shu doirada 1,1 ming nafar imkoniyati cheklangan shaxs va 570 mingdan ortiq yoshlar uchun bepul sayohatlar tashkil etildi.
2025-yilning yanvar-iyul oylarida mamlakatimizga turistik maqsadlarda jami 6 million 319,1 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,1 million kishiga yoki 48,9 foizga ko‘pdir. Sayyohlar oqimida Qirg‘iziston (1,3 mln.), Qozog‘iston (14 mln.) va Tojikiston (1,4 mln.) fuqarolari yetakchilik qilmoqda.
KELAJAK SARI ISHONCHLI QADAMLAR
O‘zbekistonning 2024-yilda sayohat qilish uchun “eng yaxshi davlatlar" ro‘yxatiga kiritilgani, “World of Statistics" tomonidan e’lon qilingan xaLqaro reytinglar mamlakatimiz turizm salohiyatini yanada oshiradi. “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar esa, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadini oshirish va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Umuman olganda, O‘zbekistonda turizm sohasining bugungi holati va rivojlanish tendensiyalari ijobiy natijalarni ko‘rsatmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar va yirik loyihalar mamlakatimizni nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda jozibador sayyohlik markaziga aylantirish yo‘lida muhim qadamdir.
Hamidullo MO‘MINOV,
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi
Axborot-resurs multimedia bo‘limi boshlig‘i
“Inson va qonun AI” gazetasining 2025-yil 30-sentyabr kungi 39 (1503)-soni
- Qo'shildi: 03.10.2025
- Ko'rishlar: 124
- Chop etish