Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Nogironligi bölgan şaxslarning huquq va muomala layoqatiga oid masalalar muhokama qilindi

18-noyabr kuni Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazida «Nogironligi bölgan şaxslarning huquq layoqati va muomala layoqati sohasidagi tadqiqotlar natijalari: milliy amaliyot va xalqaro tajriba» mavzusida ekspertlar davra suhbati bölib ötdi.

Tadbirda Özbekiston qonunçiligi va huquqni qöllaş amaliyotining BMTning Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisidagi konvensiyasi 12-moddasi talablariga muvofiqligi, xususan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki muomala layoqati çeklangan şaxslarning huquqlarini ta’minlaş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.

Davra suhbati Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi, Özbekiston nogironlar assotsiatsiyasi hamda BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida taşkil etildi.

Unda Oliy Majlis palatalari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, tegişli vazirlik va idoralar, nogironligi bölgan şaxslar taşkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, milliy va xalqaro ekspertlar iştirok etdi.

Tadbirda asosiy e’tibor BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy vakolatxonasi taşabbusi bilan ötkazilgan tadqiqot natijalarini taqdim etiş va muhokama qilişga qaratildi.

Ma’lumki, Özbekiston 2021-yilda BMTning Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Şu bilan birga, Konvensiyaning «Qonun oldida tenglik» deb nomlangan 12-moddasiga nisbatan izoh bildirgan.

Mazkur modda nogironligi bölgan şaxslarning hayotning barça sohalarida boşqalar bilan teng ravişda huquq subyekti sifatida e’tirof etilişini, huquq layoqatiga ega bölişini hamda öz huquq layoqatini amalga oşirişda zarur yordam va kömakdan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişini kafolatlaydi.

Tadqiqotda uşbu xalqaro standartlarni milliy qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotiga tatbiq etiş imkoniyatlari, mavjud huquqiy va institutsional mexanizmlarni takomillaştiriş zarurati, şuningdek, bu borada amalga oşirilişi lozim bölgan islohotlar tahlil qilingan.

Tadbirning oçilişida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov, Özbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi Oybek Isakov hamda BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining Markaziy Osiyo böyiça Mintaqaviy bölimi Özbekistondagi milliy dasturlar koordinatori Ildar Fayzullin sözga çiqdi.

Davra suhbati doirasida milliy qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotining dolzarb jihatlari, şuningdek, xalqaro standartlar asosida ularni takomillaştiriş istiqbollari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Jumladan, nogironligi bölgan şaxslarning «Şaroit Plyus» nodavlat notijorat taşkiloti boşqaruvi a’zosi Dilmurod Yusupov «Özbekiston Respublikasida nogironligi bölgan şaxslarning muomala layoqatini belgilaşning huquqiy tartibga solinişi va amaliy jihatlari» mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada fuqarolarni muomalaga layoqatsiz deb topiş va muomala layoqatini çeklaş bilan boğliq milliy qonunçilik normalari hamda ularni amalda qöllaş masalalari tahlil qilindi. Şuningdek, uşbu jarayonlarda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş bilan boğliq jihatlarga e’tibor qaratildi.

Nogironlik masalalari böyiça xalqaro ekspert Yanina Arseneva (Estoniya) «Muomala layoqatidan mahrum qilingan yoki muomala layoqati çeklangan nogironligi bölgan şaxslarning huquqlarini ta’minlaş böyiça xalqaro standartlar va ilğor xorijiy tajriba: Özbekiston uçun qisqa va uzoq muddatli tavsiyalar» mavzusidagi ma’ruza bilan iştirok etdi.

Xalqaro ekspert turli davlatlarning ilğor tajribasini taqdim etib, nogironligi bölgan şaxslarning huquq layoqati va muomala layoqatini ta’minlaş, qaror qabul qilişda qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini rivojlantiriş hamda milliy qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş böyiça tavsiyalarni ilgari surdi.

Muhokamalar davomida nogironligi bölgan şaxslarning mustaqil qaror qabul qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, ularning xohiş-irodasi va istaklarini hurmat qiliş hamda zarur hollarda tegişli yordam körsatiş mexanizmlarini amaliyotga joriy etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, qaror qabul qilişda axborotni şaxs uçun tuşunarli va foydalaniş imkoniyati qulay şaklda taqdim etiş; qabul qilinayotgan qarorning mazmuni va huquqiy oqibatlarini anglaşda yordam beriş; şaxsga öz xohiş-irodasi va istaklarini erkin ifoda etişida kömaklaşiş; öz huquq va qonuniy manfaatlarini mustaqil amalga oşiriş hamda himoya qiliş imkoniyatlarini kengaytirişni nazarda tutişi mumkinligi qayd etildi.

Bunday mexanizmlar, ayniqsa, mol-mulkni boşqariş va tasarruf etiş, ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş, şuningdek, sudlarda öz huquq va manfaatlarini himoya qiliş bilan boğliq vaziyatlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Zekro, asosiy vazifa şaxsning örniga qaror qabul qiliş emas, balki uning mustaqil qaror qabul qilişi uçun zarur huquqiy, taşkiliy va institutsional şaroitlarni yaratişdan iborat.

Davra suhbati yakunida tadqiqot natijalari asosida işlab çiqilgan tavsiyalarni amalga oşiriş, milliy qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştirişning keyingi bosqiçlari yuzasidan fikr almaşildi.

Xususan, BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan işçi guruh taşkil etiş taşabbusi muhokama qilindi. Uşbu işçi guruh faoliyatiga nogironligi bölgan şaxslar va ularning manfaatlarini ifodalovçi taşkilotlarni keng jalb etgan holda, milliy qonunçilik hamda huquqni qöllaş amaliyotiga tegişli özgartirişlar kiritiş böyiça takliflar işlab çiqiş nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, tadqiqotda ilgari surilgan tavsiyalar Özbekistonning Konvensiyaning 12-moddasiga bildirgan izohini olib taşlaş masalasini kelgusida atrofliça örganiş va muhokama qiliş uçun muhim asos bölib xizmat qilişi ta’kidlandi.

Tadbirda bildirilgan taklif va tavsiyalar uşbu yönalişda milliy qonunçilikni xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş, nogironligi bölgan şaxslarning huquq va erkinliklarini amalda ta’minlaş hamda ularning jamiyat hayotidagi tölaqonli iştirokini kengaytirişga xizmat qiladi.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Nashr sanasi 18.11.2026 Ko'rishlar 470
Ulashish