Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Özbekistonning konstitutsiyaviy islohotlari va inson huquqlarini ta’minlaş tajribasi xalqaro maydonda taqdim etildi

Qozoğistonning Turkiston şahrida mamlakat mustaqilligining 35-yilligi arafasida “Madaniyatlar muloqoti – 2026” mavzusidagi II xalqaro simpozium bölib ötdi. Nufuzli xalqaro anjumanda Oliy majlis Qonunçilik palatasi deputati, BMT Inson huquqlari qömitasi a’zosi, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov iştirok etdi.

Simpoziumda turli davlatlarning konstitutsiyaviy nazorat organlari vakillari, parlament a’zolari, xalqaro taşkilotlar, ilmiy va ekspert doiralari namoyandalari qatnaşdi. Konstitutsiyaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, huquq ustuvorligini ta’minlaş, huquqiy madaniyatni yuksaltiriş va inson huquqlarini himoya qilişning zamonaviy mexanizmlari muhokama qilindi.

Anjumanda sözga çiqqan akademik Akmal Saidov Özbekistonda amalga oşirilayotgan ortga qaytmas demokratik islohotlar, ularning mustahkam konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari va amaliy natijalariga alohida töxtaldi.

Xususan, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson qadri, huquq va erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga kötariş, ijtimoiy davlat tamoyilini mustahkamlaş, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlaş borasidagi yangi konstitutsiyaviy yondaşuvlar mamlakat taraqqiyotining muhim mezoniga aylangani ta’kidlandi. Bu özgarişlar davlatning inson oldidagi mas’uliyatini kuçaytiriş, fuqarolarning huquqiy himoyasini yangi bosqiçga olib çiqiş hamda davlat va jamiyat örtasidagi işonçni mustahkamlaşga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Simpozium doirasida ötkazilgan ekspert sessiyalari va amaliy seminarlarda konstitutsiyaviy qadriyatlarni amaliyotga tatbiq etiş, odil sudlovdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, inson huquqlarini himoya qiliş, ijtimoiy siyosat va barqaror taraqqiyot masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Mazkur xalqaro anjuman Özbekistonning konstitutsiyaviy taraqqiyot, inson huquqlari va huquq ustuvorligini ta’minlaş borasidagi islohotlarini xalqaro ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qiliş, ilğor tajriba almaşiş va davlatlararo professional hamkorlikni yanada mustahkamlaş uçun muhim maydon böldi.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 27.11.2026 Ko'rishlar 246
Ulashish