“ENG DOLZARB ILMIY MAQOLALAR” TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining nashri – “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati eng dolzarb ilmiy maqolalar uchun tanlov e’lon qilgan edi.

27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni arafasida ushbu tanlov g‘oliblari e’lon qilindi. Tanlov hay’ati O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi doktoranti Mohinur Muhammadievani “Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va ahamiyati”, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Begzod Umirzoqovni “Bolalar huquqlarini himoya qilishning ba’zi jihatlari” hamda Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Otabek Pirmatovni “Fuqarolik sudida sun’iy intellektni qo‘llash masalalariga doir” ilmiy maqolalari uchun g‘olib deb topdi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida tanlov g‘oliblariga tantanali ravishda diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

 

Powered by GSpeech