Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish masalasi referendumda ko‘riladi

Deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror qabul qildilar.

Unda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasi uchun “Xalq so‘zi”, “Narodnoe slovo” gazetalarida hamda “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasida e’lon qilinishi belgilandi.

Shuningdek, o‘tkazilgan umumxalq muhokamasi natijasiga ko‘ra tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi referendumiga qo‘yilishi ma’lumot uchun qabul qilindi.

Segment.uz

Powered by GSpeech