Axborot sohasi uchun muhim hujjat loyihasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ga asosan O‘zbekiston Respublikasining Axborot kodeksi loyihasi birinchi tahriri tayyorlandi va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

AOKA hamda mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ushbu kodeksda axborot sohasiga taalluqli sakkizta qonunning mavjud normalari o‘zaro tizimlashtirilgan holda unifikatsiya qilinmoqda.

Mazkur Qonun hamda Kodeks loyihasi bo‘yicha bildirilgan fikrlar Agentlik tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganiladi va inobatga olinadi. Shu bois axborot sohasi vakillari, shu jumladan, OAV xodimlari, jurnalist va blogerlarni muhokamalar jarayonida faol ishtirok etishga chaqiramiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy kanali

 

Powered by GSpeech