Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar qoʻllab-quvvatlanadi

“Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Prezident qarori (PQ-171-son, 08.05.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyundan oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi.

Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi:

— uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati;
— uy sharoitida qarab turish xizmati;
— tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
— kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
— shaxsiy yordamchi xizmati.

Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismi vaucher asosida qoplab beriladi.

Vaucher qiymati Hukumat tomonidan belgilangan miqdorda subsidiya shaklida toʻlanadi.

Vaucher berish va uning qiymatini toʻlash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oshiriladi.

 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech