Qozog‘iston aholi jon boshiga YaIM bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi

Dunyo bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Lyuksemburg (140,94 ming dollar), Irlandiya (108,92 ming dollar) va Shveytsariyada (104,9 ming dollar).

Xalqaro valuta fondi 2025 yildagi aholi jon boshiga YaIM ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng yuqori uchtalikni Boltiq mamlakatlari — Estoniya (32,76 ming dollar), Latviya (30,84 ming dollar) va Litva (24,37 ming dollar) egalladi. Ulardan keyingi o‘ringa 14,77 ming dollar ko‘rsatkich bilan Qozog‘iston joylashdi.

Rossiyada aholi jon boshiga YaIM ko‘rsatkichi 14,26 ming dollarni tashkil etgan. Undan keyingi o‘rinlardan Turkmaniston (13,34 ming dollar), Gruziya (9,57 ming dollar), Armaniston (8,86 ming dollar), Moldova (8,26 ming dollar), Belarus (7,88 ming dollar), Ozarboyjon (7,6 ming dollar), Ukraina (6,26 ming dollar), O‘zbekiston (3,51 ming dollar) va Tojikiston (1,43 ming dollar) joy olgan.

Dunyo bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar esa Lyuksemburg (140,94 ming dollar), Irlandiya (108,92 ming dollar) va Shveytsariyada (104,9 ming dollar).

Kun.uz

Powered by GSpeech