Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi «Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» hamda Inson huquqlari milliy strategiyasi doirasida «Raqamli iqtisodiyot, inson huquqlari sohasida ta'lim va tadqiqotlar» mavzusidagi respublika tanlovini quyidagi nominatsiyalar bo'yicha e'lon qiladi:
Inson huquqlari va erkinliklariga bag'ishlangan eng yaxshi sayt/axborot kontenti;
Inson huquqlari va erkinliklariga oid eng yaxshi mobil ilovasi;
Inson huquqlari bo'yicha eng yaxshi o'quv kursi (maktabgacha ta'lim; maktablar, kollej va litseylar, oliy ta'lim muassasalari, oliy ta'limdan keyingi ta'lim bosqichlari uchun alohida nominatsiyalarda);
Inson huquqlari va erkinliklariga bag'ishlangan eng yaxshi infografika/reklama roliklari;
Inson huquqlari va erkinliklariga bag'ishlangan eng yaxshi videorolik;
Inson huquqlari bo'yicha eng yaxshi elektron axborot-resurs markazi/kutubxona;
Inson huquqlari va erkinliklariga bag'ishlangan eng yaxshi o'quv adabiyotlari: bosma o'quv adabiyoti va elektron o'quv adabiyoti;
Inson huquqlariga bag'ishlangan eng yaxshi videodars;
Inson huquqlari bo'yicha eng yaxshi masofadan o'qitish dasturi;
Inson huquqlari bo'yicha eng yaxshi maqola: ilmiy maqola yoki ilmiy-ommabop maqola;
O'zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlari xodimlarining COVID-19 inqirozidan zarar ko'rgan muhojirlarga yordam berish bo'yicha eng faoli;
Nodavlat tashkilotlari xodimlarining COVID-19 inqirozidan zarar ko'rgan muhojirlarga yordam berish bo'yicha eng faoli.
Ushbu tanlovning maqsadi inson huquqlari sohasidagi ta'lim va tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek mamlakat aholisi o'rtasida inson huquqlari madaniyatini rivojlantirishdir.
Ishtirok etish uchun elektron arizani to'ldirishingiz va tanlovga tavsiya etiladigan materiallar bilan birga 2020 yil 15 noyabrgacha konkurs2020@nhrc.uz elektron manziliga jo'natishingiz lozim.
G'oliblar Xalqaro inson huquqlari kunida e'lon qilinadi va qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlanadi.
Batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling.
- Qo'shildi: 16.09.2020
- Ko'rishlar: 5053
- Chop etish