Irqchilik, antisemitizm, seksizm: internetdagi nafrat va toksiklik darajasi yil boshidan beri rekord ko‘rsatkichlarga yetdi, deya xabar bermoqda euronews.com.
Irqchilik va toqatsizlikka qarshi kurash bo‘yicha Yevropa komissiyasi Shvetsiya, Portugaliya, Xorvatiya va Latviyani internetdagi adovat va nafrat tiliga qarshi yanada qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdi.
Yevropa monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon Internetda toksiklikning o‘rtacha darajasi qayd etilgan. Aprel oyida umumiy toksiklik darajasi 0,22 ballni tashkil etdi. Joriy yilning may oyida raqamli antisemitizm toksiklikning eng yuqori o‘rtacha ballini saqlab qoldi – 0,34.
Onlayn platformalardagi lo‘lilarga qarshi kontentlar ham xavotir uyg‘otmoqda – 0,30 ball. Bu ko‘rsatkich ushbu jamoaning Internet foydalanuvchilari tomonidan hujum obyekti bo‘lib qolayotganligidan dalolat beradi. Anti-LGBTK hamda musulmonlarga qarshi fikrlar sezilarli darajada yuqori nafrat darajasiga ega: mos ravishda 0,29 va 0,28 ball. Qochoqlarga nisbatan nafrat darajasi –0,23 ball.
Jinsiy mazmundagi kontent eng past o‘rtacha nafrat darajasiga ega – 0,19, biroq ushbu kontentlardagi haqoratlar hali ham eng ko‘p nafrat tili postlarni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy kanali
- Qo'shildi: 09.07.2025
- Ko'rishlar: 77
- Chop etish