Konsepsiyaga koʻra, ichki nazorat tizimini rivojlantirish quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
- nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish;
- xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish;
- nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish;
- axborot va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish;
- ichki nazorat tizimini doimiy monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash.
Ushbu ustuvor yoʻnalishlarini quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshirish lozim:
- ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish;
- ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish;
- xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»