Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumani hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻiga tegishli videomurojaat tarqatilgandi.
Sariosiyo tumani hokimi oʻrinbosari Dilfuza Toshmatova mahallalardagi faollarni paxta terimiga majburlagani haqida xabarga Surxondaryo viloyati hokimligi holat oʻrganilayotgani haqida bayonot bergandi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ham mazkur holat boʻyicha oʻrganish natijalarini eʼlon qildi.
Hokim oʻrinbosari har bir mahalla faoliga besh nafardan odam topib, ularni paxta terimiga olib chiqishga majburlagan.
«Sariosiyo tumani hokimi oʻrinbosarining mahalla faollariga paxta terimiga 5-10 nafardan fuqarolarni majburiy jalb qilish haqida topshiriq bergani tasdigʻini topdi. Unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 51-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (20,6 mln soʻm-tahr.) miqdorida jarima qoʻllanildi», — deyiladi vazirlik bayonotida.