Saudiya Arabistonida sunʼiy intellekt shifokori klinikasi ochildi

Klinikada “Doktor Xua” deb nomlangan virtual SI shifokor faoliyat yuritadi.

Saudiya Arabistoni dunyoda birinchi boʻlib sunʼiy intellekt (SI) asosida ishlovchi shifokor klinikasini ishga tushirdi. Bu yangi loyiha Shanxayning Synyi AI kompaniyasi va mahalliy Almoosa Health Group hamkorligida amalga oshirildi.

Klinikada “Doktor Xua” deb nomlangan virtual SI shifokor faoliyat yuritadi. Bemorlar planshet orqali oʻz belgilarini bayon qiladi, SI esa qoʻshimcha savollar berib, diagnostika maʼlumotlarini (kardiogramma, rentgen) tahlil qiladi.

Muhimi: Doktor Xua mustaqil ravishda davolash rejasini tuzadi, ammo har bir tavsiyani inson shifokor koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi. Bu model SI tezligi va inson xavfsizligi kafolatini birlashtiradi.

Synyi AI maʼlumotlariga koʻra, AI tizimi ichki sinovlarda 0.3% dan kam xatolik koʻrsatgan.

Hozircha xizmat nafas yoʻllari kasalliklari (astma, faringit va boshqalar) bilan cheklangan. Kelgusi yilda hazm va teri kasalliklarini ham qamrab olish rejalashtirilgan.

Bu loyiha doirasida xizmat bepul, bu orqali koʻproq maʼlumot toʻplanib, rasmiy ruxsat olishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Bu Synyi AIʼning Xitoydan tashqaridagi birinchi loyihasi boʻlib, kompaniya 800 dan ortiq tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik qilgan.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech