Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) global sog‘liqni saqlash sohasidagi taraqqiyot sekinlashuvidan ogohlantirmoqda.
Yaqinda tashkilot COVID-19 pandemiyasining umr davomiyligi va aholi salomatligiga uzoq muddatli ta’sirini ochib beruvchi yangi hisobotini e’lon qildi.
BMT saytida e’lon qilingan hujjatda aytilishicha, bor-yo‘g‘i ikki yil ichida, ya’ni 2019-2021 yillar oralig‘ida dunyo bo‘yicha o‘rtacha umr ko‘rish 1,8 yil qisqargan. Bu zamonaviy tarixdagi ko‘rsatkich pasayishining eng yuqori darajasidir.
- Har bir ma’lumot zamirida inson taqdiri bor - besh yoshga to‘lmasdan vafot etgan bola, tug‘ish payti hayotdan ko‘z yumgan ona, oldini olish mumkin bo‘lgan kasallik tufayli umr qisqarishi va hokazo, - deydi JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus.
O‘zA
- Qo'shildi: 23.05.2025
- Ko'rishlar: 309
- Chop etish