Shahnoza Mirziyoyeva: Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik hanuzgacha jamiyatdagi eng dolzarb muammolardan

Poytaxtimizda “Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish: Jahon tashabbuslari va O‘zbekistonning istiqboldagi imkoniyatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva nutq so‘zladi:

– Bugungi kunda O‘zbekistonda 13 million bola yashaydi, bu esa mamlakatimiz aholisi sonining 35 foizini tashkil etadi, – deydi Shahnoza Mirziyoyeva.–  Har bir oilada o‘rtacha 3–4 nafar bola voyaga yetmoqda. Afsuski, ko‘plab oilalarda tarbiyada zo‘ravonlik elementlari mavjud. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik muammosi hanuzgacha jamiyatdagi eng dolzarb ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Biz bolaning huquqlarini himoya qilishni mamlakatimizning barqaror rivojlanishidagi asosiy omillardan biri deb hisoblaymiz.

Joriy yil may oyida “Bolalarni barcha zo‘ravonlik shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. Biroq Qonun — bu faqat zo‘ravonlikdan xoli jamiyat sari yo‘lning boshlanishidir.   Ko‘plab fojialar jamiyat e’tiboridan chetda qolmoqda. Ammo men ovozi eshitilmay qolgan har bir bolaning taqdiriga befarq emasman. Har bir bola xavfsizlik, himoya va qo‘llab-quvvatlash huquqiga ega.  

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Biz bolaning huquqlarini himoya qilishni mamlakatimizning barqaror rivojlanishidagi asosiy omillardan biri deb hisoblaymiz.  

O‘zA

Powered by GSpeech