Shavkat Mirziyoev «Vatandoshlar» jamg'armasini tashkil etish va 30 iyulni O'zbekistonda «Xalqlar do'stligi kuni» deb belgilashni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “Vatandoshlar” jamg‘armasini tuzishni taklif qildi. Tashkilot “dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash va ular bilan aloqalarimizni yanada mustahkamlash”ga xizmat qiladi.

Davlat rahbari O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqilishini ham ma’lum qildi.

“Barchangizga ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30-iyul Xalqaro do‘stlik kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu bois, ushbu sanani O‘zbekistonda ‘Xalqlar do‘stligi kuni’ deb belgilashni taklif etaman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Manba: daryo.uz

Powered by GSpeech