Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi sobiq MXX ofitserining OAV orqali murojaatida ko'tarilgan masalalar Bosh prokuratura tomonidan qonun doirasida va adolatli ko'rib chiqilishini so'rab, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga rasmiy xat yubordi.
Ma'lumki, joriy yilning 8 oktyabr` kuni KunUZ saytida e'lon qilingan lavhada sobiq MXX ofitseri adolatsizlik tufayli qamalib chiqqani, DXX tizimi yangilangani tufayli u sud tomonidan oqlangani, biroq unga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar qoplab berilmagani to'g'risida so'z boradi.
Markaz O'zbekiston Prezidentining insonparvar siyosatini xalqimiz va xalqaro hamjamiyat keng qo'llab-quvvatlayotganini alohida ta'kidlaydi. Mamlakatimizda inson huquqlari ta'minlanishida erishilayotgan ijobiy natijalar xalqaro maydonda yuksak e'tirof etilmoqda. Yaqinda O'zbekiston 2021-2023 yillargacha bo'lgan davrda BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga a'zo etib saylangani buni yaqqol tasdiqlaydi.
Shu ma'noda, sobiq MXX ofitserining murojaatida ko'tarilgan masalalar qonun doirasida va adolatli ko'rib chiqilishi har tomonlama maqsadga muvofiqdir.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 04.11.2020
- Ko'rishlar: 4110
- Chop etish