Toshkent davlat yuridik universiteti tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Аssambleyasining 75-sessiyasidagi tashabbuslari” mavzusidagi davra suhbati tashkil etiladi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi bilan hamkorlikda videokonferensiya tarzida o‘tkaziladigan tadbirda BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.
Аnjumanda Milliy markaz direktori Аkmal Saidov, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer, TDYU rahbariyati va professor-o‘qituvchilari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.
Davra suhbati Zoom (konferensiya identifikatori: 752 707 6344, kod: 0eqpXC) platformasi orqali o‘tkazilib, 2020-yil 28-sentabr kuni 10:00 da boshlanadi.
Barchangizni ushbu anjumanda faol ishtirok etib, mavzuga doir fikr-mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashishga taklif etamiz.
Toshkent davlat yuridik universiteti
- Qo'shildi: 25.09.2020
- Ko'rishlar: 3805
- Chop etish