Tashabbus mualliflari oziq-ovqat isrofgarchiligiga barham berishni istamoqda.
Turkiya hukumati oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish maqsadida mehmonxonalarda «Shvetsiya stoli» konsepsiyasidan voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uchun bunday hisobotni Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat siyosati bo‘yicha kengash tayyorlamoqda, deb yozdi Sabah.
Tashabbus mualliflari «barchasi kiritilgan» (all inclusive) tizimini «a-lya karta» (à la carte) formatiga almashtirishni taklif qilmoqda, bunda odam «qancha yeyishi mumkin bo‘lsa, shuncha ovqat»ga buyurtma beradi.
Kengash a’zosi, Restoratorlar uyushmasi prezidenti Ramazon Bingel so‘zlariga ko‘ra, «Shvetsiya stoli» tizimi bo‘yicha taomlarning 50 foizi, jumladan, tayyor bo‘lganidan keyin ham isrof bo‘ladi.
«Tarelkaga solingan, lekin hatto tatib ko‘rilmagan ovqat axlatga tashlanmoqdi», deb aniqlik kiritdi u.
Umuman olganda, Turkiya chiqindilarning oldini olish jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, nazoratsiz iste’mol tufayli mamlakatda har yili 23 million tonnagacha mahsulot - asosan sabzavotlar, mevalar va non chiqindiga tashlab yuboriladi. Bu odam boshiga qayta hisoblaganda yiliga 102 kg oziq-ovqat chiqindisi demakdir.
Bundan tashqari, meva va sabzavotlarning qariyb 35 foizi dasturxonga yetib bormasdan yo‘qoladi. Bingel hisob-kitoblariga ko‘ra, bu raqamlar ikki baravar ko‘p bo‘lishi mumkin. Uning qo‘shimcha qilishicha, hisobot barcha ma’lumotlar bilan prezident Erdo‘g‘anga yaqin ikki oy ichida yetib boradi.
Aprel oyida turk otelerlari «Shvetsiya stoli»ni cheklashni taklif qilgan edi. «Barchasi kiritilgan» tizimi isrofgarchilikni rag‘batlantirmasligi kerak, dedi Professional otelerlar uyushmasi rahbari Hoqon Soatchio‘g‘li.
Kun.uz
- Qo'shildi: 13.08.2025
- Ko'rishlar: 148
- Chop etish